Urganch xalqaro aeroporti

“Urganch xalqaro aeroporti” Urganch shahri markazidan 3 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, u shaharning barcha transport yo‘llari bilan bog‘langan.

 

Aerovokzal yonida qulay va keng 24 soatlik avtoturargoh mavjud. Ochiq osmon ostidagi muzey - Xiva shahri aeroportdan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan.

 

“Urganch xalqaro aeroporti” “Uzbekistan Airways” va xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalari tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro va ichki qatnovlarga xizmat ko‘rsatadi. Har yili aeroport xizmatlaridan 120 ming yo‘lovchi foydalanadi, turistik mavsum davomida Milan, Rim va Parijdan charter qatnovlar amalga oshiriladi. Shuningdek, yuk tashuvlari, MDH va uzoq xorij mamlakatlariga yo‘lovchi va yuk tashuvlari bo‘yicha charter qatnovlar ham bajariladi.

Aerodrom uchish-qo‘nish yo‘lagi An-12dan An-124gaha bo‘lgan turli tipdagi samolyotlarni, shuningdek yangi Boeing, Airbus, Sukhoi Superjet va shu kabi avialaynerlarni qabul qilish imkoniga ega. Aeroport og‘irligi 310 tonnagacha bo‘lgan barcha havo kemalarini qabul qiladi. Uchinchi va to‘rtinchi klass vertolyotlari uchun to‘liq jihozlangan va boshqariladigan maydonchalari mavjud.

Xalqaro terminal yo‘lovchilarga xalqaro standartlarga muvofiq barcha turdagi xizmatlarni taqdim etadi. Terminal binosida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan uchib kelish va uchib ketish zallari; keng kutish zali, axborot-ma’lumot xizmati; bufetlar, esdalik sovg‘alari do‘konlari, tibbiyot punkti, onalar va bolalar xonalari, Dute Free bojsiz do‘koni, valyuta ayirboshlash va Rossiya operatorlarining sim-kartalarni sotish shoxobchalari, aviachiptalarni sotish kassalari mavjud.  Aerovokzal majmuasi binosida axborot tablolari va axborot stendlari o‘rnatilgan. Ularda parvoz va ro‘yxatga olish qoidalari, bojxona qoidalari, cheklovlar, davlat organlarining talablari va boshqalar haqida to‘liq ma’lumot aks ettirilgan. Aerovokzalda uchib ketuvchi va uchib keluvchi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy etilgan.

Manzil: Urganch -220100, Aeroport ko‘chasi

 Tel.: +998 (62) 224 5952/2245951

Elektron pochta manzili: urgench.airport@uzbarports.uz