Termiz xalqaro aeroporti

“Termiz xalqaro aeroporti” ma’suliyati cheklangan jamiyati “Uzbekistan Airports” Aksiyadorlik jamiyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Termiz aeroporti – O’zbekiston Respublikasidagi eng yirik aviatsiya korxonalaridan biri.                                            Termiz  xalqaro aeroportining asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:

– havo kemalariga yerusti servis xizmati ko’rsatish;

– yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish;

– yuklarni qayta ishlash;

– pochtani qayta ishlash.

O’tkazish hajmi – soatiga 600 yo’lovchi.

Aeroport  tunu-kun davomida ishlaydi va sharqiy va g’arbiy barcha turdagi yo‘lovchi va yuk tashishga mo‘ljallangan(Boeing 757, Il-76 rusumidagi) samolyotlarni, shuningdek barcha turdagi vertolyotlarni qabul qiladi.

Termiz aeroportida «ISO 9001: 2015« xalqaro standartiga muvofiq «Sifat menejmenti tizimining muvofiqlik sertifikati» mavjud.

Samolyotlarga xizmat ko’rsatadigan maxsus avtotransport parkini yangilash bo’yicha doimiy ishlar olib borilmoqda.

Nazorat-o’tkazish punktlarida zamonaviy xavfsizlik uskunalari o’rnatildi.

Termiz aeroportida samolyotlarga texnik xizmat ko’rsatish va ulardan foydalanish xalqaro «ICAO« standartlariga javob berish imkoniyati mavjud.

Aeroportdan Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg shaharlariga va muntazam ravishda Evropa va Osiyoga charter reyslari mavjud. Yildan yilga trafik hajmi ortib bormoqda.

Terminal binosida quyidagilar joylashgan:

Keng kutish xonalari;

Pasport, bojxona, chegara nazorati, sutka davomida ishlaydi;

  • Ma’lumot xizmati;

Aviachiptalarni sotish va bronlash uchun kassalar;

  • Ona va bola xonalari;
  • Namozxonalar

Bufet;

Valyuta ayirboshlash shoxobchalari;

Rasmiy delegatsiyalar uchun xizmat xonasi.

Axborot texnologiyalarining rivojlanishi, shuningdek, yo’lovchilarga tezroq va qulay xizmat ko’rsatish uchun elektron chipta savdosi va yo’lovchilarni ro’yxatga olish texnologiyalari global SDCS tizimida amalga oshiriladi.