"Uzbekistan Airports" AJda emlanish boshlandi!

2021-08-05

COVID-19 koronovirus infektsiyasining tarqalishini to'xtatish maqsadida O'zbekiston Respublikasida aholini emlash bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

COVID-19 koronovirus infektsiyasining tarqalishini to'xtatish maqsadida O'zbekiston Respublikasida aholini emlash bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

"Uzbekistan Airports" AJda emlash rahbar tarkibidan boshlandi. Shuningdek,  "Uzbekistan Airports"AJning barcha xodimlarini bosqichma-bosqich emlash rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, JSST tavsiyasiga koʻra, emlangan barcha kishilar,  COVID-19 tarqalishini to'xtatishga yordam beradigan barcha zarur choralarni, yaʼni, ijtimoiy masofani saqlash, qo’llarni tez-tez sovun bilan yuvish va niqoblardan foydalanishni davom ettirishlari zarur.

Emlash  bilan birgalikda ushbu chora-tadbirlarga rioya qilish, COVID-19 infektsiyasidan va uning tarqalishidan eng samarali himoyalanish imkonini beradi.