“Uzbekistan Airports” Aksiyadorlik jamiyati poytaxt aeroportidan uchib ketayotgan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida “Toshkent-2” xalqaro terminali estakadasining ochilishini tashkil etdi

“Uzbekistan Airports” Aksiyadorlik jamiyati poytaxt aeroportidan uchib ketayotgan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida  “Toshkent-2” xalqaro terminali estakadasining ochilishini tashkil etdi.

Estakada bo‘ylab avtotransport harakati 2021-yilning 10-iyul kuni sinov rejimida ishga tushadi.Estakada maydoni (platformaning umumiy uzunligi — 110 m., kengligi — 9,5 m.) barcha avtotransport vositalarini kiritishga imkon bermaydi, deya qayd etdi kompaniya vakili. Shuning uchun sinov davrida uchish terminali estakadasini “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” bilan shartnoma tuzgan lisenziyali taksilar, O‘zbekiston turizm va sport vazirligi arizalari ko‘ra turistik avtobuslar va mikroavtobuslar hamda VIP va Business Lounge orqali xizmat ko‘rsatiladigan xorijiy delegasiyalar avtotransport vositalarining kirishi uchun ochish rejalashtirilmoqda.Estakadaning kirish qismiga bo‘sh joylar mavjud bo‘lganda ochiladigan ikkita avtomat shlagbaum (har bir yo‘lakka), yo‘l to‘siqlari (antitaran), bo‘sh joylar mavjudligi haqidagi ma’lumotni ko‘rsatuvchi tablo, yot jismlarni aniqlash uchun avtotransport skaneri (har bir yo‘lakka) hamda navbatchi operator uchun avtomatlashtirilgan nazorat kuzatuv punkti o‘rnatilgan.Estakada uzunligi bo‘ylab videokuzatuv kameralaridan iborat intellektual tizim o‘rnatilgan bo‘lib, u  transport vositasining davlat raqami va turini aniqlash, yo‘l harakati qoidalariga rioya etishini nazorat qilishga imkon beradi. Shuningdek, aeroport oldidagi maydonda zamonaviy avtomatlashtirilgan avtoturargoh tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu yerda avtomobil raqam belgilarini tanish texnologiyalari hamda avtoturargoh xizmati uchun naqd yoki naqdsiz shaklda to‘lovni amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan terminallardan foydalaniladi.Toshkent-2 xalqaro terminaliga estakada orqali kirish qoidalariEstakadaning birinchi yo‘lagi turistik avtobus va mikroavtobuslar uchun mo‘ljallangan;Estakadaning chap yo‘lagi taksilar harakati uchun mo‘ljallangan.

Turistik avtobus va mikroavtobuslar uchun estakadaga bepul kirish va harakatlanish hamda yo‘lovchilarni tushirishga 10 daqiqa vaqt beriladi, belgilangan vaqtdan o‘tib ketsa, har 10 daqiqa uchun to‘lov undiriladi.

Taksilar uchun estakadaga bepul kirish va harakatlanish hamda yo‘lovchilarni tushirish vaqti 5 daqiqadan oshmaydi, belgilangan vaqtdan o‘tib ketsa, har 5 daqiqa uchun to‘lov undiriladi.

Estakadaning chap va o‘ng yo‘laklarini ajratib turuvchi sariq chiziqli maydonda to‘xtash va harakatlanish taqiqlanadi, sariq chiziqni bosish qoidabuzarlik hisoblanib, jarimaga sabab bo‘ladi.