“Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” Jazeera Airways (Kuvayt) aviakompaniyasining Kuvayt - Toshkent yo'nalishi bo'yicha birinchi qatnovini qabul qildi.

2021-yil 28-iyunda “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” Jazeera Airways (Kuvayt) aviakompaniyasining Kuvayt - Toshkent yo'nalishi bo'yicha birinchi qatnovini qabul qildi. An'anaga ko'ra samolyot o‘t o‘chiruvchi mashinalar yordamida hosil qilingan sun’iy suv arkasi bilan kutib olindi.

Ilk qatnov yo'lovchilari va «Jazeera Airways» vakillari uchun «Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» uchib kelish zalida karnay-surnay sadolari ostida tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi.

 

2021-yil 28-iyunda “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” Jazeera Airways (Kuvayt) aviakompaniyasining Kuvayt - Toshkent yo'nalishi bo'yicha birinchi qatnovini qabul qildi. An'anaga ko'ra samolyot o‘t o‘chiruvchi mashinalar yordamida hosil qilingan sun’iy suv arkasi bilan kutib olindi. Ilk qatnov yo'lovchilari va «Jazeera Airways» vakillari uchun «Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» uchib kelish zalida karnay-surnay sadolari ostida tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ulug'bek Axmadovich A'zamov, “Jazeera Airways” bosh direktori Rohit Ramachandran va mahalliy ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi. “Biz Quvayt xalqaro aeroportidan O'zbekiston poytaxtiga to'g'ridan-to'g'ri qatnovni yo‘lga qo‘yganimizdam behad mamnunmiz. Boy tarixga ega bu mamlakat nafaqat kuvaytliklar, balki mintaqadagi boshqa mamlakatlar fuqarolari uchun ham eng sevimli joylardan biri hisoblanadi. Muntazam parvozlarning tashkil etilishi ikki mamlakat xalqlari o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga, O'zbekistonga sayyohlar oqimini ko'paytirishga, ikki davlat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishiga aminman », - dedi Rohit Ramachandran. Eslatib o'tamiz, “Jazeera Airways” - Quvayt aeroportining eng yirik operatorlaridan biri. Kompaniya Yaqin Sharq, Hindiston, Shri-Lanka va Evropaga muntazam qatnovlarni amalga oshiradi. «Jazeera Airways» aviakompaniyasining Kuvayt-Toshkent-Kuvayt yo'nalishi bo'yicha parvozlari haftada ikki marta - dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.