"Samarqand" aeroporti vaqtincha yopilmoqda

2021-10-12

20-oktabrdan 20-noyabrgacha "Samarqand" xalqaro aeroportida yangi aerodrom majmuasini ishga tushirishga tayyorgarlik koʻrish munosabati bilan parvozlarni vaqtincha toʻxtatadi. 

Barcha qatnovlar respublikaning boshqa xalqaro aeroportlari - "Navoiy", "Buxoro", "Qarshi"ga yoʻnaltiriladi, bu yerdan yoʻlovchilar uchun Samarqandga yer usti transferi tashkil etiladi. 
 
Bugungi kundai uzunligi 3105 metr, kengligi 60 metr boʻlgan yangi uchish -qoʻnish yoʻlagining qurilish ishlari toʻliq yakunlandi. Bir oy ichida  burilish yoʻllarini yangi uchish -qoʻnish yoʻlagi va perron bilan bogʻlash boʻyicha ishlar olib borilishi kutilmoqda.
 
Eslatib oʻtamiz, 2022-yilda ShHT sammitiga tayyorgarlik koʻrish ishlari doirasida Samarqandda yangi aerodrom majmuasi qurilishi davom etmoqda.

 

Foto: Alisher Isroilov / O‘zA