"Uzbekistan Airports" AJ va Toshkent davlat transport universiteti o'rtasida o'zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi

 

 

"Uzbekistan Airports" Aksiyadorlik jamiyati va Toshkent davlat transport universiteti o'zaro hamkorlik to'g'risidagi Memorandumni imzoladilar. Mazkur hujjat joriy yilning 3 sentyabr kuni "Uzbekistan Airports" Aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv Raisi Rano Djuraeva va Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abdurahmonov tomonidan tasdiqlangan.

Tomonlar "Uzbekistan Airports" AJ negizida kafedra tashkil etish bo'yicha hamkorlik to'g'risida, shuningdek, yangi texnik ishlanmalarni qo'llab-quvvatlash va axborot texnologiyalarini joriy etish bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish bitimini tuzdilar

"Biz "Uzbekistan Airports" AJ negizida universitet kafedrasini tashkil etishni rejalashtirganmiz va o'qituvchilar sifatida O'zbekiston aeroportlari uchun kadrlar tayyorlash bo'yicha AJning yetakchi mutaxassislarini, operatsion menejerlarni, amaliy mashg'ulotlarni tashkil etishda bevosita ishtirok etadigan xorijiy trening mutaxassislarini jalb qilishni, talabalarni aerodrom majmualarida, aviakompaniyalar va yo'lovchilarga, handling va yuklarga xizmat ko'rsatish bo'yicha ishlash uchun aniq kasblarga o'rgatishni rejalashtirmoqdamiz", - deydi Rano Djuraeva,"Uzbekistan Airports" AJ Boshqaruv Raisi.