«Uzbekistan Airports» AJning «Namangan xalqaro aeroporti» direktori Xalilov Temur Arabjonovich esdalik nishoni bilan taqdirlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq Mustaqillik Kuni davlat bayrami arafasida «Uzbekistan Airports» AJning «Namangan xalqaro aeroporti» direktori Xalilov Temur Arabjonovich «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

«Uzbekistan Airports» AJ jamoasi nomidan Temur Arabjonovichni chin qalbdan mukofot bilan tabriklaymiz va ularga kelgusida muvaffaqiyatli hayot yo'lini, rejalashtirilgan ishlarni bajarishni, barcha maqsadlarni amalga oshirishni tilaymiz.