"Uzbekistan Airports" AJ Boshqaruv Raisi O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan esdalik nishoni bilan taqdirlandi

Uzbekistan Airports" AJ Boshqaruv Raisi O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan esdalik nishoni bilan taqdirlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq Mustaqillik Kuni davlat bayrami arafasida "Uzbekistan Airports" AJ Boshqaruv Raisi Rano Frunzevna Djuraeva  «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandi. 

 

Ushbu mukofot uning Respublikamiz fuqaro aviatsiyasini rivojlanishi, O'zbekistonning xalqaro miqyosda obro'sini yanada ko'tarish, mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlash va aholi farovonligini oshirishga qo'shgan ulkan hissasiga berilgan yuksak bahodir.

 "Uzbekistan Airports" AJ jamoasi nomidan Rano Frunzevnani chin qalbdan mukofot bilan tabriklaymiz va ularga mustahkam sog'liq, muvaffaqiyat va o'z oldilariga qo'ygan maqsadlarni amalga oshirishda tugamas kuch-g'ayrat tilaymiz.

photo_2021-08-28_17-35-56