Sayt test rejimida ishlamoqda
Qarshi xalqaro aeroporti
Latest flight table
Book ticket
Turkey Istanbul
UzAirways Ready to flight 19:00
UAE Dubai
FlyDubai Baggaging 19:30
Egypt
O’zbekiston havo yo’llari Baggaging 19:45
USA NewYork
UzAirways Register 20:00
Russia Moscow
UzAirways Register 20:30
UAE Sharjah
UzAirways Waiting 22:00

 “Qarshi xalqaro aeroporti” shaharning janubi-g‘arbiy qismidan 2.1 km masofada joylashgan. Shahargacha masofa 5 km. Shimoldan “Qarshi-Nishan” avtomobil yo‘li, sharqiy va janubiy tomondan – “Qarshi-Beshkent”avtomobil yo'li, g‘arbiy tomondan – “BuyukTuron” ko‘chasi o‘tgan.

Aeroportning umumiy yer maydoni 193,7 ga. bo‘lib, ulardan 21,82 ga. maydoni shlatiladi, qurilish maydoni umumiy maydonning 47 foizini tashkil etadi. UQY uzunligi 2825 metr, kengligi 48 metr. Aerodromda HK uchun 8 ta turargoh mavjud. YMM ombori 2000 tonnagacha aviayoqilg‘I sig‘dirish imkoniyatiga ega.

Aerovokzal binosida 2 ta uchish sektori, 1 ta mahalliy havo yo‘llari zali, 2 ta xalqaro havo yo‘llari zali, shuningdek, uchib kelish zali mavjud. Ona va bola xonasi, barcha ish joylari, kutish xonalari, bufet, tahorat va nomozxonalar jihozlangan. Aeroport faoliyati yo‘lovchilarga yerusti xizmati ko‘rsatish, bagajni qayta ishlash, parvozlarni aerodrome va yoritish-texnik ta‘minlash, maxsus transport vositalari va YMM bilan ta’minlashga qaratilgan. Aerovokzalning quvvati soatiga 200 kishi uchun mo‘ljallangan.

Bugungi kunda Qarshi aerodromining uchish yo‘lagi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan berilgan sertifikatlashtirish ma’lumotlarining barcha talablariga javob beradi va maksimal og‘irligi 180 tonnagacha bo‘lgan havo kemalarini qabul qilishgat ayyor.

 

Manzil: Qarshi shahri-180115, Buyuk-Turon ko‘chasi, 3

Aloqa uchun telefonlar: + 99875-228-52-53; faks + 99875-228-57-82

e-mail: ap.ksq@uzbairports.uz; aeroport_karshi@exat.uz