Sayt test rejimida ishlamoqda
Buxoro xalqaro aeroporti
Latest flight table
Book ticket
Turkey Istanbul
UzAirways Ready to flight 19:00
UAE Dubai
FlyDubai Baggaging 19:30
Egypt
O’zbekiston havo yo’llari Baggaging 19:45
USA NewYork
UzAirways Register 20:00
Russia Moscow
UzAirways Register 20:30
UAE Sharjah
UzAirways Waiting 22:00

Buxoro xalqaro aeroporti" O‘zbekistonning eng yirik aeroportlaridan biridir. Har yili aeroport xizmatlaridan 120 mingdan ortiq yo‘lovchi, jumladan 15 mingdan ortiq xorijiy sayyohlar ham foydalanadi. Xalqaro terminal jahon standartlari asosida yo‘lovchilarga barcha xizmatlar majmuasini taqdim etadi.

Aerovokzal binosida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan uchib kelish va uchib ketish zallari, keng kutish xonasi, ma’lumot xizmati, bufetlar, do‘konlar, tibbiyot punkti, bagaj saqlash xonasi, valyuta ayirboshlash shoxobchasi, aviachiptalarni sotish kassalari mavjud. Rasmiy delegatsiyalarga yuqori qulaylikda xizmat ko‘rsatish zallari milliy uslub elementlari bilan amalga oshirilagan. Aerovokzal majmuasi binosida axborot tablolari va axborot stendlari o‘rnatilgan. Ularda parvoz va ro‘yxatga olish qoidalari, bojxona qoidalari, cheklovlar, davlat organlarining talablari va boshqalar haqida to‘liq ma’lumot aks ettirilgan. 2018-yil 1-yanvardan aerovokzalda uchib ketuvchi va uchib keluvchi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy etilgan.

“Buxoro” xalqaro aeroporti “Uzbekistan Airways” AJ hamda xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalari tomonidan bajariladigan xalqaro va mahalliy qatnovlarga xizmat ko‘rsatadi. Barcha turdagi havo kemalarini qabul qiladi.

Yuk tashuvlari, shuningdek MDH va uzoq xorij davlatlariga yo‘lovchi va yuk tashuvlari bo‘yicha  charter qatnovlari amalga oshiriladi.

“Buxoro” xalqaro aeroporti bir necha bor “Aeroport” uyushmasiga kiruvchi MDH mamlakatlari aeroportlari orasida “Yilning eng yaxshi aeroporti” va “Istiqbolli rivojlanayotgan aeroport” nominatsiyalarida eng yaxshi deb topilgan.

Vaqt mintaqasi GMT (qish/yoz): +5/+5

* Aeroportning geografik koordinatalari: 39.78 kenglik, 64.48 uzunlik

* Terminallar soni: 1

* IATA kodi: BHK

* IKAO kodi: UTSB